Qanday qilib Rossiyada mehnat qilish uchun ruhsatnoma olish mumkin
1. Rossiya hududiga kirganda migratsion kartani olib, to`ldirish lozim. Ular chegarachilar, styuardessalar, poyezd yo`l boshlovchilari va boshqalar tomonidan bepul beriladi.
2. Migratsion karta rus tilida to`ldiriladi. Agarda Siz rus tilini bilmasangiz, uni lotin alifbosi harflari bilan to`ldirishga ruxsat beriladi. Migratsion kartaning ikkita qismini to`ldirish lozim.
3. Kirish maqsadi grafasida “mehnat qilish”ning tagiga chizish lozim.
4. Chegaradan o`tganda migratsion kartaning bir qismi – “A” chegarachilarda qoladi, boshqa qismi – “B” sizga qaytariladi. Chegarachilar “B” qismining orqa tomonida Rossiya chegarasidan o`tish sanasi to`g`risida shtamp qo`yishlari lozim.
5. Rossiyaga kirgandan so`ng Siz 3 ish kuni ichida migratsion ro`yxatdan o`tishingiz lozim. Buning uchun pasport va migratsion karta kerak. Biz bunda yordam ko`rsatishimiz mumkin.
6. Mehnat qilishga ruxsat olish uchun chet el fuqarosi Rossiya Federal migratsiya xizmatining plastik kartasini olishi lozim. Biz Sizga yordam beramiz.
Sizdan quyidagilar talab qilinadi:
- Pasport;
- Ro`yxatdan o`tish to`g`risidagi belgili migratsion karta;
- Sizning 3x4 kattaligidagi rangli fotosuratingiz (xira qog`ozda) – 2 dona;
- Siz xavfli kasalliklarga ega emasligingiz to`g`risidagi bir necha tibbiy ma’lumotnomalar;
- Ba’zi boshqa hujjatlar.
Hujjatlarning ro`yxati va namunalari, hamda ularning Federal migratsiya xizmatiga topshirilishi tartibi doimo o`zgarib turadi. Russian International Manpower mutahassislari bilan maslahatlashing, va biz Sizga eng qisqa muddatda va hech qanday qiyinchiliklarsiz Moskva shahri va Moskva viloyatida mehnat qilishga ruxsatnoma olish uchun hujjatlarni tayyorlashda yordam beramiz.
RusInterMan
Telefon (495) 916-86-28
Diqqat: biz faqat rus tilida gapiramiz!
Rossiya kamida bir million migrantga muhtoj
Savol berish
|